Tramp o‘zining pardoz qilish odati haqida gapirdi

Tramp o‘zining pardoz qilish odati haqida gapirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp pardoz qilmasa, o‘zini murdaga o‘xshab qolishini aytdi. Bu haqda u 16 oktabr kuni Jorjiya shtatining Dalton shahrida respublikachi nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan saylovoldi mitingida gapirdi.

Miting davomida Tramp demokrat senator Jon Ossoffning pardoz uchun sarflayotgan xarajatlarini tanqid qildi. Uning da’vo qilishicha, senator pardoz xizmatlariga katta mablag‘ sarflaydi va doimo vizajist xizmatidan foydalanadi.

“U bu ishga bor kuchini sarflaydi. Uning vizajisti bor, ular doim birga. Qanday qilib bunday qilishini bilmayman, lekin u bunga juda ko‘p pul sarflaydi”, dedi Tramp.

Shuningdek, AQSH prezidenti Ossoff Senat tarixidagi boshqa erkak va ayol senatorlarning barchasidan ko‘proq mablag‘ni pardozga sarflaganini da’vo qildi. Biroq bu da’vo mustaqil manbalar tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan.

Tramp o‘zining pardoz qilish odati haqida ham gapirdi.

“Men juda ozgina pardoz qilaman va buni o‘zim amalga oshiraman. Chunki ozgina pardoz qilmasam, murdaga o‘xshab qolaman. Men esa bunday ko‘rinishni istamayman”, dedi AQSH prezidenti.

Trampning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda hamda xalqaro OAVda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar