Maldiv orollarida 2007 yildan keyingi avlodga chekish taqiqlandi

1 daqiqa o'qish122
Maldiv orollarida 2007 yildan keyingi avlodga chekish taqiqlandi

Maldiv orollarida sog‘lom kelajakni ta’minlashga qaratilgan yangi tamaki cheklovi kuchga kirdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

1 noyabrdan boshlab 2007 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan har qanday shaxs — mahalliy fuqaro yoki sayyoh bo‘lishidan qat’i nazar — endi tamaki mahsulotlarini sotib olish, sotish yoki chekish huquqiga ega emas.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, qoida hamma uchun bir xil tatbiq etiladi, hech kimga istisno yo‘q. Bu orqali kelajakda chekishdan xoli, sog‘lom avlodni shakllantirish maqsad qilingan.

Qonunga muvofiq, tamaki mahsulotini yoshlarga sotganlarga 50 ming rufiy miqdorida jarima solinadi. Shuningdek, elektron sigaretalarni noqonuniy ishlatganlar 5 ming rufiy jarima to‘laydi.

Ma’lumki, “chekishsiz avlod” g‘oyasini ilk bor Yangi Zelandiya amalga oshirgan edi, ammo keyinchalik hukumat o‘zgarishi orqali bu cheklov bekor qilingan. Hozirda o‘xshash tashabbus Buyuk Britaniyada ham muhokama qilinmoqda.

Mutaxassislar bunday siyosatni jamiyat sog‘lig‘iga investitsiya sifatida baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?