Rossiyaning Sochi shahridagi yong‘inda o‘zbekistonlik yigit ona-bolani qutqardi (video)

1 daqiqa o'qish404
Rossiyaning Sochi shahridagi yong‘inda o‘zbekistonlik yigit ona-bolani qutqardi (video)

Rossiyaning Sochi shahridagi ko‘p qavatli uyda 31 oktyabr kuni sodir bo‘lgan yong‘in paytida o‘zbekistonlik haydovchi Sherzod Namozovning jasurligi minglab odamlarni lol qoldirdi. U hayoti xavf ostida qolgan ona va uning bolasini qutqarib qoldi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Alpiyskaya ko‘chasidagi uyning yuqori qavati yong‘in bilan qamralgan paytda, bir ayol bolasi bilan deraza orqali yordam so‘ragan. Shu zahotiyoq o‘sha joyda mijozini tushirayotgan Sherzod vaziyatni ko‘rib, bir lahzada yordamga shoshilgan.

U pastki qavat oynasidan chiqib, dastlab bolani xavfsiz joyga tushirgan, so‘ngra narvon yordamida onaga yordam berib, uni ham pastga olib tushgan. Har ikkisi ham sog‘-salomat qutqarilgan.

Sherzod Namozov Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Uchqizil mahallasida tug‘ilgan. Rossiyada haydovchilik bilan shug‘ullanadi.

“Yordamga muhtoj insonni ko‘rgan odam unga yordam berishga shoshilishi tabiiy. Men faqat insoniy burchimni bajardim”, — dedi u keyinroq.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 600 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Hodisada jami uch kishi qutqarilgan, bir necha kishi jarohatlangan.

Mutaxassislar Sherzodning bu ishini haqiqiy jasorat deb baholab, uning harakatini insonparvarlik namunasi sifatida e’tirof etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?