Ispaniyada ilk bor cho‘chqa organizmiga inson hujayrasi joylandi

1 daqiqa o'qish105
Ispaniyada ilk bor cho‘chqa organizmiga inson hujayrasi joylandi

Ispaniyada ilmiy guruh inson buyragi hujayralaridan yaratilgan organoidlarni cho‘chqa organizmiga muvaffaqiyatli ko‘chirdi, deb xabar berdi El País. Tajriba davomida implantatsiya qilingan to‘qimalar hayvon tanasiga moslashib, rad etish belgilari kuzatilmadi.

Kataloniya Bioinjeneriya instituti mutaxassislari mazkur natijani tibbiyot sohasida yangi bosqich deb baholamoqda. Ular inson organlarining miniatyur namunasini — organoidlarni — yaratish va ularni hayvon tana to‘qimasiga joylash usulini takomillashtirgan.

Olimlar tajriba jarayonida cho‘chqa organizmida inson buyragiga o‘xshash muhit yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada organoidlar organizm bilan moslashdi, hayvon sog‘ligiga salbiy ta’sir qayd etilmadi.

Muttaxassislar bu yutuq kelajakda transplantologiya va regenerativ tibbiyotda inson uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?