Istanbulda erkaklarga tegajog‘lik qilayotgan ayol qidirilmoqda

Istanbulning turli tumanlarida erkaklarga nisbatan nomaqbul harakatlar qilib, ularga tegajog‘lik qilayotgan ayol ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Dastlabki holat Umraniye tumanidagi ustaxonada yuz berib, ayol mahsulot sotish bahonasida kirib, erkak xodimni o‘pishga uringan va xodim bunga qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Bayrampasha tumanidagi ombor hamda yana bir savdo shoxobchasidan ham shunga o‘xshash kuzatuv kamerasi yozuvlari tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbulning turli tumanlarida erkaklarga nisbatan nomaqbul harakatlar qilayotgan ayol aks etgan videolar keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki holat Umraniye tumanidagi ustaxonalardan birida yuz bergan. Kuzatuv kamerasi tasvirlarida ayol mahsulot sotish bahonasida ichkariga kirib, erkak xodimni o‘pishga uringani aks etgan. Xodim esa uning harakatlariga qarshilik ko‘rsatib, ish joyini tark etishini talab qilgan.
Oradan ko‘p o‘tmay, Bayrampasha tumanidagi ombor hamda yana bir savdo shoxobchasidan ham shunga o‘xshash kuzatuv kamerasi yozuvlari tarqaldi. Tasvirlarda ayol erkak xodimlarga ularning roziligisiz yaqinlashib, ularga tegajog‘lik qilgani ko‘rinadi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Hozirda ayolning shaxsiga aniqlik kiritish va uni topish bo‘yicha qidiruv ishlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…