Litvada juma namozi vaqtida masjid yaqinida cho‘chqa boshi namoyish qilindi (video)

1 daqiqa o'qish257
Litvada juma namozi vaqtida masjid yaqinida cho‘chqa boshi namoyish qilindi (video)

Litvaning Kaunas shahrida juma namozi vaqtida masjid yaqinida yuzga yaqin mototsiklchi to‘plandi. Ular namoz vaqtida baland ovozda musiqa qo‘yib, mototsikl dvigatellarini gazlagan va turli shovqinlar chiqargan. Voqea vaqtida masjid yaqinida cho‘chqa boshi ham namoyish qilingani xabar qilindi. Bu haqda Lrytas xabar berdi.

Hodisa 11 sentyabr kuni Kaunas masjidi yaqinida sodir bo‘lgan. Mahalliy musulmonlar jamoasi vakillarining bildirishicha, ibodat qilayotganlar suratga va videoga ham olingan. Voqea musulmonlar jamoasining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mototsiklchilar va musulmonlar o‘rtasida jiddiy to‘qnashuv qayd etilmagan. Shu bilan birga, huquq-tartibot idoralari yig‘ilish o‘tkazish qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkinligi yuzasidan ma’muriy ish boshlagan.

Bundan tashqari, politsiya voqea holatlarini Litva Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan odamlar guruhiga nisbatan nafrat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq moddalar nuqtayi nazaridan ham o‘rgangan. O‘sha paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu yo‘nalishda hali sudgacha bo‘lgan jinoiy tergov boshlanmagan.

Litva musulmonlari muftiysi Aleksandras Beganskas esa namoyish aynan musulmonlarga qarshi qaratilganini ta’kidlagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?