Rossiyada o‘zbek migrantini o‘ldirib daraxt ostiga ko‘mib qo‘ygan ayol ushlandi

1 daqiqa o'qish505
Rossiyada o‘zbek migrantini o‘ldirib daraxt ostiga ko‘mib qo‘ygan ayol ushlandi

Rossiyaning Vladimir viloyatida ro‘y bergan dahshatli jinoyat jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi — o‘zbekistonlik 54 yoshli migrant tanishi bo‘lgan mahalliy ayol tomonidan o‘ldirilgan holda topildi. Bu haqda mahalliy “Zebra TV” nashri ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Petushino tumanidagi Staroye Perepechino qishlog‘ida yuz bergan. Marhumning qarindoshlari uning bedarak yo‘qolgani haqida noyabr oyida politsiyaga murojaat qilgan, ammo tekshiruv davomida voqea rosa og‘ir ssenariyga ega ekani aniqlangan.

Tergovchilarning oldingi versiyasiga ko‘ra, 16 noyabr kuni o‘zbekistonlik erkak 48 yoshli ayol uyiga borgan. Ikkovi spirtli ichimlik iste’mol qilganidan so‘ng janjal kelib chiqqan. Ayol bahs jarayonida erkakni itarib yuborgan, u yerga yiqilgan paytda esa ayol uni arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilmoqda.

Jinoyatni yashirish maqsadida ayol jasadni hovlisidan joy olgan olma daraxti ostiga ko‘mib qo‘ygan. Tergov ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan fuqaro Pokrov shahridagi temir-beton korxonasida yillar davomida ishlab kelgan. Manbalar janjalga ayolning qarz masalasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lganini qayd etmoqda — erkak o‘zining avval bergan pullarini talab qilgan, ayol esa yana qarz so‘ragan.

Gumondor ayol marhumning telefoni va bank kartasini ham o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda jinoyatga aloqador dalillar topilgan. Shuningdek, ayolning avval narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangani ham ma’lum bo‘ldi.

Tergov organlari ayolni qamoqqa olish uchun sudga taqdimnoma kiritmoqda. Hozirda ekspertizalar va tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?