
Qozog‘istonda 54 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
2025 yil 30 noyabr soat 21:00da Qozog‘istonning Aktobe viloyatida joylashgan „Rossiya Federatsiyasi – Aktobe – Qizilorda – Almata“ yo‘nalishidagi yo‘lovchi avtobusi „Moskva – Toshkent“ yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasining bergan maʼlumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida avtobusda 54 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi bo‘lgan. YTH oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Barcha yo‘lovchilar tezda Aktobe viloyati Aytekebi tumanidagi Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga vaqtincha joylashtirildi va ularga zarur yordamlar ko‘rsatilgan.
Vaziyatni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi va Bosh konsulligi nazoratga olib, Qozog‘iston tomonining masʼul idoralari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Yo‘lovchilarni tezda O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.