Yangi Zelandiyada qimmatbaho tuxum o‘g‘irlandi
1 daqiqa o'qish139

28 noyabr kuni Yangi Zelandiyada Oklend markazidagi zargarlik do‘konida 19,2 ming dollarlik Feberje tuxumi o‘g‘irlangani aniqlandi. Partridge Jewellers do‘koni xodimlari 32 yoshli erkakni "Octopussy" medalyonini o‘g‘irlaganlikda gumon qilgan. Medal 18 karatli oltin va 60 dona brilliantlar bilan bezatilgan bo‘lib, uning ichida miniatyurali sakkizoyoq mavjud.
Hodisa sodir bo‘lganidan so‘ng, politsiya tezda voqea joyiga yetib borib, erkakni do‘konda qo‘lga olgan. Shuningdek, uning iPad o‘g‘irlaganligi bo‘yicha ham ayblov qo‘yilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan va 8 dekabrda sudga beriladi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…