date

Nigeriyada ommaviy odam o‘g‘irlashlarga qarshi favqulodda holat e’lon qilindi

Nigeriyada ommaviy odam o‘g‘irlashlarga qarshi favqulodda holat e’lon qilindi

Nigeriya Prezidenti Bola Ahmad Tinubu mamlakatda ommaviy odam o‘g‘irlashlarining ortishi sababli favqulodda holat e’lon qildi. U Qurolli kuchlar va politsiyaga qo‘shimcha xodimlar jalb qilishni buyurdi. Politsiya 20 ming yangi xodimni yollaydi va ularning umumiy soni 50 mingga yetadi.

Tinubu uzoq hududlardagi maktablarning yetarli darajada himoya qilinmasligini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Masjid va cherkovlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun yordam so‘rash tavsiya etildi. Shuningdek, chorvadorlarga mollarini ochiq yaylovlarda boqishni to‘xtatish va noqonuniy qurollarni topshirish taklif qilindi.

Ayni paytda, AQSH Nigeriya hukumatini isyonchilar tomonidan nasroniylarning ommaviy o‘ldirilishiga ko‘z yumayotganlikda ayblamoqda. Nigeriya hukumati esa bu zo‘ravonlikning diniy emas, ijtimoiy muammo ekanini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyada ommaviy odam o‘g‘irlashlarga qarshi favqulodda holat e’lon qilindi