
Radical Storage kompaniyasi sayyohlar tomonidan qoldirilgan fikr va reytinglarga asoslanib, dunyodagi eng toza shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Polshaning ikkinchi yirik shahri — Krakov eng toza va eng shinam shahar sifatida birinchi o‘rinni egalladi.
Sayyohlarning 98,5 foizi Krakovni nihoyatda pokiza, qulay va yoqimli shahar deb baholagan. Qiziqarli tomoni — Polshaning yana bir shahri, Vasha (97,8 %) ham kuchli beshlikka kirdi.
Dunyodagi eng toza shaharlar (Top-10)
- Krakov, Polsha — 98,5 %
- Sharja, BAA — 98,0 %
- Singapur — 97,9 %
- Varshava, Polsha — 97,8 %
- Doha, Qatаr — 97,4 %
- Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni — 96,9 %
- Praga, Chexiya — 96,4 %
- Maskat, Ummon — 96,4 %
- Dubay, BAA — 96,3 %
- Fukuoka, Yaponiya — 96,3 %
Bundan avval Radical Storage eng iflos sayyohlik shaharlari ro‘yxatini ham e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, Budapesht, Rim va Las-Vegas eng iflos shaharlar sifatida antireyting boshida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.