Gretsiya 2026 yilda nafaqaxo‘rlar uchun eng ideal mamlakat deb topildi

1 daqiqa o'qish164
Gretsiya 2026 yilda nafaqaxo‘rlar uchun eng ideal mamlakat deb topildi

“International Living” nashrining yillik global nafaqa indeksiga ko‘ra, 2026 yilda dunyoda nafaqaxo‘rlar uchun eng maqbul maskan — minglab orollari va musaffo iqlimi bilan mashhur Gretsiya deb e’tirof etildi.

Tadqiqotga ko‘ra, zamonaviy odamlarning o‘rtacha umr davomiyligi so‘nggi o‘n yillarda keskin oshgani bois, ko‘p nafaqaxo‘rlar hayotining oxirgi qismini chet elda o‘tkazishni afzal ko‘rmoqda. Ana shu tendensiyani hisobga olgan holda indeks yashash xarajatlari, tibbiy xizmat sifati, uy-joy bozori, viza tartiblari, iqlim va mahalliy jamiyatga moslashish osonligi kabi mezonlarga tayanilgan holda shakllantirildi.

Gretsiya ushbu mezonlarning deyarli barchasida yuqori baholandi. Mamlakat nafaqaxo‘rlar uchun qo‘lay, xarajat jihatdan tejamkor va tinch hayot tarzini, shuningdek, rezidentlik uchun qulay imkoniyatlarni taklif etadi. Jumladan, “Oltin viza” dasturi orqali xorijliklar 250 ming yevro investitsiya evaziga yashash ruxsatnomasi olishi mumkin.

Mazkur reytingda avval yillar davomida yetakchi bo‘lib kelgan Portugaliya va Ispaniya bu safar pastroq o‘rin egalladi — vizalardagi cheklovlar va yashash xarajatining o‘sishi sabab. Ro‘yxatda Italiya, Malayziya va Fransiya kabi davlatlar ham bor.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?