Putin: Rossiya Hindistonga yoqilg‘ini uzluksiz yetkazishga tayyor

1 daqiqa o'qish200
Putin: Rossiya Hindistonga yoqilg‘ini uzluksiz yetkazishga tayyor

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Moskva Hindistonning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu mamlakatni barqaror va uzluksiz yoqilg‘i bilan ta’minlashni davom ettiradi. Bu haqda u Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

Putinning aytishicha, energetika sohasidagi hamkorlik mustahkam ildam bormoqda va Rossiya Hindiston uchun ishonchli yetkazib beruvchi sifatida o‘zini namoyon qilgan. Neft va neft mahsulotlari bo‘yicha savdo hamda Hindiston korxonalarida Rossiya neftini qayta ishlash rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Avgust oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Hindistonga Rossiya neftini xarid qilish uchun qo‘shimcha 25 foiz boj joriy etgandi. Vashington, shuningdek, bu kabi choralarni Rossiyaning boshqa sheriklariga ham tatbiq qilish mumkinligini ma’lum qilgan.

Vaziyatga izoh bergan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda qat’iy ekanini, hatto bu katta sarf-xarajatlarga olib kelsa ham, orqaga chekinmasligini ta’kidladi.

Rossiya TIV rahbariyati esa AQSHning tarif tahdidlari Nyu-Dehlining pozitsiyasiga ta’sir qilmaganini, Hindiston Rossiya yoqilg‘isini import qilish rejalarini o‘zgartishni o‘ylamayotganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?