Netflix Warner Bros'ni sotib oldi — kino olami larzada

1 daqiqa o'qish569
Netflix Warner Bros'ni sotib oldi — kino olami larzada

Netflix media bozorida shov-shuvli qadam tashladi: kompaniya Warner Bros'ni 82,7 milliard dollarlik ulkan bitim orqali sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hollywood Reporter ma’lumotiga ko‘ra, “Project Noble” nomi bilan yuritilayotgan ushbu strategik operatsiyaga Netflix rahbarlari Ted Sarandos va Greg Peters boshchilik qilgan.

Ta’kidlanishicha, kelishuvni amalga oshirish uchun Netflix 59 milliard dollarlik moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ygan. Bu rekord darajadagi investitsiya kompaniyaning jahon media bozoridagi nufuzini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Endi Netflix nafaqat striming xizmatlarini taqdim etuvchi platforma, balki yirik studiya, kontent ishlab chiqarish va distributsiya sohasida ham global yetakchiga aylanishi mumkin.

Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, integratsiya yiliga 2–3 milliard dollar atrofida xarajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi. Bu esa Netflix'ga yanada katta budjetli serial va filmlar yaratishga imkoniyat ochadi.

Eng qizig‘i: Warner Bros huzuridagi HBO seriallari, multfilmlar, DC komikslari va boshqa yirik intellektual mulklar endi to‘laqonli Netflix ixtiyoriga o‘tmoqda. Demak, striming olamidagi raqobat yanada keskinlashadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?