
2 fevral kuni Hindistonning sharqiy qismida polisiyachilar soqchilar otryadiga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 7 kishi vafot etgan. Bu haqda “NDTV” telekanaliga tayanib "Qalampir.uz" xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, voqea Andxra-Pradesh va Orissa shtatlari chegarasida yuz bergan. Mikroavtobus yo‘l ustiga joylashtirilgan qo‘lbola portlovchi vositaning harakatga keltirilishi sabab portlab ketgan. Avtobus ichida o‘qish uchun boshqa shaharga yo‘l olgan 12 nafar soqchilar otryadi bo‘lgan. Ayni vaqtda 7 harbiy vafot etgani xabar qilinmoqda, ammo qurbonlar soni yana ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Bu jangarilar Hindistonning junglilarida makon topgan guruh bo‘lib, ular tez-tez hukumat vakillariga qarshi ana shunday bosqinchilik harakatlarini amalga oshirib turishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar