date

Boliviya sobiq prezidenti Luis Arse korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqqa olindi

Boliviya sobiq prezidenti Luis Arse korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqqa olindi

Boliviyada siyosiy vaziyat yana keskinlashmoqda. ABC News xabariga ko‘ra, mamlakat sudi sobiq prezident Luis Arseni korrupsiya ayblovi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga qadar 5 oy muddatga qamoqda saqlashga qaror chiqardi. Mazkur qaror Boliviya ichki siyosatidagi raqobat va keskinlik fonida katta e’tibor qozonmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Arsega qo‘yilgan ayblovlar tasdiqlansa, u olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Siyosatshunoslarning aytishicha, sobiq prezidentga qarshi ochilgan ish mamlakatda ijtimoiy va siyosiy taranglikni kuchaytirishi ehtimoldan xoli emas. Chunki Luis Arse mamlakatda keng ommaviy qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lgan, ta’sir doirasi katta siyosiy faol sifatida tanilgan.

“Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi sifatida Arse 2020 yilda Boliviya prezidenti etib saylangan edi. Ammo joriy yilda o‘tkazilgan saylovlarda u mag‘lub bo‘lgan va shu bilan uning siyosiy faoliyati yangi bosqichga o‘tgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Boliviya sobiq prezidenti Luis Arse korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqqa olindi