Italiya ichki ishlar vaziri Marko Manniti qochqinlarga haq to‘lanmaydigan ish o‘rinlari taqdim qilishni taklif qildi. Bu haqda Il Sole 24 Ore nashriga tayanib Kun yozmoqda.
"Qochqin maqomini olish uchun murojaat qilganlardan Evropa jamg‘armalari moliyalashtirishi mumkin bo‘lgan jamoatchilik ishlarida foydalanish kerak", deb aytgan vazir parlamentdagi nutqida.
Uning aytishicha, "bu mehnat bozorida nomutanosiblik yaratmaydi, chunki bu ish bepuldir". Minnitining aytishicha, Italiyaning har bir viloyatida vataniga qaytarilmoqchi bo‘lgan qochqinlar saqlanadigan markazlar ochiladi. Bunday markazlar 1,6 minggacha odamni sig‘dira oladi.
Vazirning ta’kidlashicha, mehmondo‘stlik "cheksiz bo‘la olmaydi". "Boshpana haqida so‘rovlarni ko‘rib chiqish uchun ketadigan vaqtni qisqartirish kerak, ikki yil bu boshpana so‘raganlar uchun ham, jamiyat uchun ham juda uzoq vaqtdir", deb o‘z so‘zlarini intiholadi vazir.
RIA “Novosti” axborot agentligining ta’kidlashicha, Italiyaga 2016 yilda O‘rta er dengizi orqali rekord darajadagi muhojirlar – 181 mingdan oshiqroq odam kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi