date

Venesuela va AQSh: portlashlar ortidan taranglik kuchaydi

Venesuela va AQSh: portlashlar ortidan taranglik kuchaydi
Bugun tongda Venesuela poytaxti Karakas va boshqa hududlarda bir nechta portlashlar yuz berdi. Hukumat bu voqealarni AQShning “harbiy agressiyasi” sifatida baholadi. Prezident Nikolas Maduro milliy favqulodda holat e’lon qilib, mudofaa kuchlarini safga chaqirdi.

Portlashlar Miranada, Aragua va La Guira shtatlarida ham sodir bo‘ldi. Guvohlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda portlashlar, samolyotlar va qora tutun ko‘rish mumkinligi aytilgan. Shahar janubiy qismidagi yirik harbiy bazaga yaqin hududlarda elektr uzilishi kuzatildi.

Venesuela hukumati bayonotida, AQSh ushbu hujum orqali mamlakat neft va mineral resurslarini egallashni maqsad qilgan, ammo bunday harakat muvaffaqiyatsiz bo‘lishini ta’kidladi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp bir necha bor Venesuelada harbiy harakatlar o‘tkazish haqida gapirgan. Pentagon jurnalistlarning savollarini Oq uyga yo‘naltirdi, ammo Oq uy hozircha izoh bermadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Venesuela va AQSh: portlashlar ortidan taranglik kuchaydi