08:46 / 16.05.2015
7 918

Ukraina va Xitoy 2,4 mlrd dollarlik valyuta svopi haqida kelishib oldi

Ukraina va Xitoy 2,4 mlrd dollarlik valyuta svopi haqida kelishib oldi

Ukraina Milliy banki va Xitoy Xalq banki 2,4 mlrd dollar qiymatdagi grivna va yuanda valyuta svopi haqida kelishib olishdi. Bu haqda UNIAN agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Ukraina tomonidan kelishuvni Milliy bank rahbari Valeriya Gontareva, Xitoy tomonidan Xalq banki rahbari Chjou Syaochuan imzoladi.

Kelishuvga ko‘ra, Ukraina 54 mlrd grivna, Xitoy 15 mlrd yuan taqdim qiladi. Kelishuv uch yilga imzolandi va 2015 yilning 23 iyunidan kuchga kiradi.

“Bu kelishuv bizning davlatlarimiz – strategik hamkorlar uchun juda muhim kelishuv hisoblanadi va ikkala davlatning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘mak beradi. Kelishuv bo‘yicha olingan mablag‘lar savdo operasiyalari va ikkala davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin”, deb izoh berib o‘tdi Ukraina Milliy banki rahbari Valeriya Gontareva.

Gontarevaning ta’kidlashicha, kelishuv valyuta kursiga bosimni kamaytirish va pul-kredit bozorini barqarorlashtirishga ko‘mak beradi.

Avvalroq S&P mutaxassislari Ukraina Milliy bankining bank sektoridagi harakatlari defoltga olib kelmasligini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina va Xitoy 2,4 mlrd dollarlik valyuta svopi haqida kelishib oldi