Italiya Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilmaydi

Italiya Iqtisodiyot vaziri Jankarlo Giorgetti AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik kengashi”ga Italiya qo‘shilishi muammoli bo‘lishi mumkinligini aytdi. U bu fikrini Rimda o‘tkazilgan tadbirda bildirgan.
Vazirning ta’kidlashicha, Trampning tashabbusi haqida chop etilgan xabarlarni o‘qigach, Italiya ishtirokida ba’zi muammolar mavjudligi ko‘rinib turibdi. Xususan, bu guruhga qo‘shilish mamlakat konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Trampning rejasiga ko‘ra, “Tinchlik kengashi” Tramp boshchiligida tashkil etiladi va dastlab G‘azo mojarosini hal qilishga yo‘naltiriladi. A’zo davlatlardan doimiy a’zo bo‘lish uchun 1 milliard dollar miqdorida to‘lov talab qilinishi aytilgan.
Hozirga qadar taklif 60 ga yaqin davlatga yuborilgan, ammo ko‘pchilik mamlakatlar ehtiyotkor munosabatda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!