date

Portugaliyada Ronaldu haykalini yoqib yuborgan yigit topildi

Portugaliyada Ronaldu haykalini yoqib yuborgan yigit topildi

Portugaliyaning Madeyra orolida joylashgan SR7 muzeyi oldida g‘alati va jamoatchilikni larzaga solgan hodisa kuzatildi. Noma’lum shaxs Krishtianu Ronaldu haykaliga o‘t qo‘yishga uringan. U voqeani videoga olib, keyin uni ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘z-ko‘z qilgani aytilmoqda. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak videoni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirib, izoh qismida “Bu Xudoning oxirgi ogohlantirishi”, deb yozgan hamda Krishtianu Ronalduning rasmiy akkauntini belgilagan. Uning bu yozuvi ham, harakati ham ko‘pchilikda turli savollar uyg‘otdi.

Videoyazuvda yigit Ronaldu haykali tomoniga yonuvchan suyuqlik sepib, keyin uni alangalatib yuborayotgani aniq ko‘rinadi. Shundan so‘ng u musiqa qo‘yib, raqsga tushib ketgan. Ammo yong‘in uzoq davom etmagan — alanga tez orada pasayib, o‘chib ketgan. Aytilishicha, haykalga jiddiy zarar yetmagan, katta shikast kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur haykal portugaliyalik futbolchining tug‘ilgan yurti hisoblangan Madeyra orolining Funshal shahrida o‘rnatilgan. Bu joy sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan nuqtalardan biri sanaladi. SR7 muzeyi oldidagi haykal ham aynan shuning uchun doim diqqat markazida bo‘ladi. Muzeyning o‘zida esa Ronaldu faoliyati davomida qo‘lga kiritgan yutuqlari, portretlari va shaxsiy buyumlari namoyish etiladi.

Portugaliyaning “Korreyu da Manya” nashri xabariga ko‘ra, Madeyra oroli Jamoat xavfsizligi politsiyasi (PSP) hodisani sodir etgan shaxsni allaqachon aniqlagan. Qayd etilishicha, u avval ham shunga o‘xshash ishlar bilan tanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Portugaliyada Ronaldu haykalini yoqib yuborgan yigit topildi