Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariev Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini, shu jumladan vazir o‘rinbosarini mast holatda bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘zaro otishma uyushtirishganlari uchun jazolashni talab qildi, deb yozadi Kun.uz.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l-patrul xizmatining ikki nafar inspektori 15 maydan 16 mayga o‘tar kechasi navbatchilik paytida bahslashib qolishgan. Bahslashuv avj olib ketgandan keyin, inspektorlardan biri tabel qurolidan sherigini yaralagan. Yaralangan inspektor shifoxonaga etkazilgan.
“Ushbu voqea ichki ishlar organlari tizimida shaxsiy tarkib bilan tegishli tarbiya ishlari olib borilmasligidan darak beradi, xizmatni o‘tash va tabel qurolidan foydalanishni nazorat qilish tizimini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqilishini talab qiladi”, deb aytdi bosh vazir hamda milisiya xodimlarining xizmat kiyimida va xizmatni o‘tash paytida mast holatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Bosh vazir voqeani batafsil tergov qilishni va voqea ishtirokchilarini ichki ishlar safidan bo‘shatilishlarini hamda jinoiy javobgarlikka tortilishlarini talab qildi. Bosh vazirning fikricha, Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo‘l-patrul xizmati rahbariyati va ularni nazorat qiluvchi vazir o‘rinbosari ham javobgarlikka tortilishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi