
Hindiston janubi-sharqidagi Andxra-Pradesh shtatida avtobusning daryoga qulashi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtobus Vidjayavada shahri yaqindagi ko‘prikdan o‘tayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.
Mashina pastga qulash davomida qattiq shikastlangan. Qutqaruvchilar jabrlanganlarni chiqarib olish uchun gazli kesuvchi asboblardan foydalangan. Yaralanganlardan o‘n nafarining ahvoli og‘ir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga avtobus haydovchisining boshqaruv davomida uxlab qolganligi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar