
Italiyada ham keng nishonlanadigan 8 mart bayrami arafasida 52 yoshli erkak 44 yoshli sevgilisiga an’anaviy guldasta emas, balki o‘zining buyragini hadya qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Turindagi Molinette kasalxonasi vakillarining aytishicha, og‘ir irsiy kasallik — buyraklar polikistozidan aziyat chekib kelgan bemor ayolga zudlik bilan ko‘chirib o‘tqazish operasiyasi talab etilgan. Ikki oy avval shifokorlar donorni qidirishni boshladi, biroq ko‘p o‘tmay ayolning seviklisi unga buyragini berishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Shifokorlar kerakli tahlillarni o‘tkazdi va transplantasiyani ma’qulladi. Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirda ikki mijoz ham mutaxassislar kuzatuvida bo‘lib, ularning holati qoniqarli ekanligi bildirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing