Kim Chen In Janubiy Koreyaga yadroviy tahdid bildirdi

1 daqiqa o'qish545
Kim Chen In Janubiy Koreyaga yadroviy tahdid bildirdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining to‘qqizinchi s’yezdiga bag‘ishlangan harbiy paradda Janubiy Koreya bilan muloqot qilishga ham qiziqmasligini va zarur bo‘lsa, qo‘shnisini to‘liq yo‘q qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Yonhap News Agency xabar berdi.

Paradda Kim Chen In AQSH bilan munosabatlarni yaxshilash uchun Vashington Shimoliy Koreyaning Konstitutsiyada belgilangan maqomini hurmat qilishi va dushmanlik siyosatidan voz kechishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasida do‘stona aloqalarni shakllantirishi mumkin.

Shimoliy Koreya rahbari yordamchilariga yadroviy salohiyatni mustahkamlash va yangi qurol tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. U suv ostida uchiriladigan qit’alararo ballistik raketalar, Janubiy Koreyani nishonga olishga qodir qisqa masofali raketalar va artilleriya tizimlarini kengaytirish rejalari haqida gapirdi.

Kim Chen In so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillardagi yadroviy va raketa dasturlari Shimoliy Koreyaning yadroviy davlat sifatidagi maqomini yanada mustahkamlagan. U yadroviy qurollarni mamlakat xavfsizligining “kafolati” deb atagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?