O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi BAAda bo‘lib turgan fuqarolarni rasmiy ogohlantirdi

Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat keskinlashayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda BAAdagi diplomatik vakolatxonalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.
TIV xabariga ko‘ra, havo makonidan foydalanishdagi vaqtinchalik cheklovlar sabab aviaqatnovlar to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan BAAda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.
Xususan, mahalliy qonun-qoidalar va rasmiy idoralar ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilish, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik hamda odamlar gavjum joylardan uzoqroq bo‘lish so‘ralgan. Shuningdek, faqat rasmiy axborot manbalariga tayanish lozimligi ta’kidlangan.
Favqulodda holatlarda tezkor aloqa uchun quyidagi raqamlar berilgan: +971 55 986 9040 va +971 55 956 4110.
TIV, shuningdek, rasmiy ma’lumotlarni kuzatib borish uchun o‘z kanallari hamda Sharja shahridagi Bosh konsulxona va “Dunyo” axborot agentligi sahifalariga havolalarni keltirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!