Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti mintaqadagi keskinlik sabab faoliyatini to‘xtatdi

Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti — Jebel Ali porti — mintaqadagi keskinlik sabab faoliyatini to‘xtatdi, deb Bloomberg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dunyodagi yirik dengiz tashuv kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Mediterreynian Shipping Kompani” (Em-Es-Si) Yaqin Sharqqa yuk bron qilishni to‘xtatgan.
Shuningdek, “A.P. Myoller–Mersk” va “Xapag-Lloyd” Hurmuz bo‘g‘ozi orqali barcha qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, logistikadagi uzilishlar savdo, turizm, transport va moliyaga tayanadigan Dubay kabi biznes markazlari uchun jiddiy zarba bo‘lmoqda. Mintaqa ilgari nisbatan xavfsiz hudud sifatida qaralar edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing