date

Ekvadorda “terrorchi” deb ro‘yxatga olingan guruhlar nishonga olindi

Ekvadorda “terrorchi” deb ro‘yxatga olingan guruhlar nishonga olindi

AQSH va Ekvador harbiylari Ekvador hududida narkokartellarga qarshi qo‘shma harbiy operatsiyalarni boshladi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Qo‘mondonlikning X sahifasida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, 3-mart kuni AQSH va Ekvador qurolli kuchlari Ekvadorda "terrorchilik tashkiloti" sifatida ro‘yxatga kiritilgan tuzilmalarga qarshi amaliyotlarga kirishgan. Bayonotda bu harakatlar Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi hamkorlarning narkoterrorizmga qarshi kurashdagi hamjihatligi namoyon bo‘layotgani ta’kidlangan.

Rasmiy axborotda operatsiyalar doirasi va aniq yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilmagan. Shu bilan birga, qo‘mondonlik ushbu harakatlarni mintaqadagi xavfsizlik hamkorligiga oid misol sifatida ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tish joiz, avvalroq AQSH Venesuela, Kolumbiya va Meksikadagi narkokartellarga qarshi ham turli operatsiyalar o‘tkazgani haqida xabarlar berilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ekvadorda “terrorchi” deb ro‘yxatga olingan guruhlar nishonga olindi