Ozarbayjonda dronlar aeroport va maktab yaqiniga tushgani aytildi

5 mart kuni Ozarbayjonning Naxichevan Muxtor Respublikasi hududiga dronlar bilan hujum amalga oshirilgani xabar qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchisiz apparatlar Eron hududidan uchirilgan.
Xabarlarda aytilishicha, dronlardan biri Naxichevan xalqaro aeroporti terminal binosiga tushib portlagan. Ikkinchi apparat esa Bobek tumanidagi Shekerabad qishlog‘ida maktab yaqiniga tushgani qayd etilgan.
Hodisa natijasida aeroport binosiga zarar yetgan, ikki nafar tinch aholi vakili jarohat olgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar hamda tez tibbiy yordam guruhlari jalb qilingan.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi mazkur hujumni qat’iy qoralab, uni xalqaro huquq normalariga zid deb baholadi. Shu munosabat bilan Eronning Bokudagi elchisi vazirlikka chaqirilgan.
Bok-u Tehrondan hodisa yuzasidan izoh berishni va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun tezkor choralar ko‘rishni talab qildi. Shu bilan birga, Ozarbayjon zarur hollarda javob choralarini ko‘rish huquqini saqlab qolishini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!