date

Minabdagi maktabga berilgan zarba ortida AQSH turibdimi?

Minabdagi maktabga berilgan zarba ortida AQSH turibdimi?

Reuters agentligi ikki nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar berishicha, Eronning Minab shahridagi qizlar maktabiga berilgan zarba ortida AQSH harbiylari turgan bo‘lishi mumkin. Aytilishicha, bu hozircha tergovning dastlabki xulosasi bo‘lib, tekshiruv to‘liq yakunlanmagan.

Manbalarga ko‘ra, keyinchalik yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi va hujum ortida boshqa tomon turgani ham aniqlanishi mumkin. Shu sababli hozirgi baholashlar uzil-kesil xulosa sifatida emas, balki dastlabki versiya sifatida ko‘rilmoqda.

Amaldorlar hujumni nima asosida AQSH harbiylari bilan bog‘lashayotgani, qanday o‘q-dorilar ishlatilgani va nega zarba maktabga berilgani haqida batafsil ma’lumot ochiqlamagan. Shu bois voqea tafsilotlari hanuz noaniqligicha qolmoqda.

Avvalroq The New York Times ham mazkur hujumda AQSH ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini yozgan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ehtimol AQSH harbiy-havo kuchlari Islom inqilobi posbonlari korpusiga tegishli obyektni nishonga olgan, ammo zarba xatolik bilan maktab hududiga tushgan bo‘lishi mumkin.

Hozircha AQSH Mudofaa vazirligi rasman faqat hodisa yuzasidan tergov olib borilayotganini bildirgan. Eron rasmiylari esa 28-fevral kuni Minabdagi qizlar maktabiga berilgan raketa zarbasi oqibatida 165 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Minabdagi maktabga berilgan zarba ortida AQSH turibdimi?