Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya bilan hamkorlik haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish263
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya bilan hamkorlik haqida gapirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Tehron va Moskva o'rtasidagi hamkorlik hech qanday yangilik yoki sir emasligini ta'kidladi. U bu haqda 8 mart kuni NBC News telekanaliga bergan intervyusida AQSh bilan yuzaga kelgan ziddiyatlar fonida Rossiyaning Eronga ko'rsatayotgan yordami haqidagi savollarga javob berar ekan aytib o'tdi. Bu haqda tengrinews.kz xabar beradi.

Vazir Rossiya tomoni Eron bilan ko'plab yo'nalishlarda hamkorlik qilayotganini tasdiqladi, biroq Rossiya maxsus xizmatlari AQSh harbiy ob'ektlarini aniqlashda yordam berayotgani haqidagi savolga aniq javob bermadi. Arakchi o'zida bu borada batafsil ma'lumot yo'qligini qo'shimcha qildi.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Rossiya Eronga Yaqin Sharqdagi Amerika qo'shinlariga zarba berish uchun razvedka ma'lumotlarini taqdim etayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Nashrning ta'kidlashicha, Moskva shu yo'l bilan AQSh va Isroilning Eronga qarshi olib borayotgan urushida bilvosita ishtirok etmoqda. Manbalarga ko'ra, 28 fevraldan boshlab Rossiya Amerika kemalari va samolyotlari joylashgan hududlar haqida ma'lumotlar uzatgan bo'lishi mumkin.

Hozircha Rossiyaning raketa nishonlarini aniqlashdagi yordami qay darajada ekani to'liq oydinlashmagan. Biroq tahlilchilar jangovar harakatlar boshlanganidan buyon Eronning o'z imkoniyatlari bilan nishonlarni aniqlash salohiyati pasayganini qayd etishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?