date

Qatardan 202 nafar o‘zbekistonlik bugun Toshkentga olib kelindi

Qatardan 202 nafar o‘zbekistonlik bugun Toshkentga olib kelindi

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat hamda ayrim davlatlar havo hududining yopilishi sabab Qatarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha maxsus tadbir tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, vatandoshlar avval avtobuslarda Saudiya Arabistoniga olib o‘tilgan. Shundan so‘ng ular Ar-Riyoz shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport orqali tashkil etilgan maxsus reys bilan O‘zbekistonga jo‘natilgan.

Bugun ushbu reys bilan 202 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkent xalqaro aeroportiga sog‘-salomat yetib keldi. Ularning Vatanga qaytishi murakkab vaziyat fonida olib borilayotgan evakuatsiya ishlarining navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Shuningdek, yana 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonidagi mehmonxonalarga vaqtincha joylashtirilgan. Ular qo‘shimcha reyslar tashkil etilishini kutayotgani bildirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qatardan 202 nafar o‘zbekistonlik bugun Toshkentga olib kelindi