Mintaqadagi AQSh bazalari yuzasidan yangi tahdid yangradi

Eron AQSh tomonidan ehtimoliy hujum bo‘ladigan har qanday hududga javob zarbasi berishini ma’lum qildi. Bu haqda Eron Islom Maslahat Assambleyasi spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh harbiy kuchlari Islom Respublikasiga qarshi hujum uyushtirsa, Eron bunga bevosita javob qaytaradi. G‘olibaf, shuningdek, mintaqada Eronga qarshi zarbalar berilgan har qanday AQSh harbiy bazasi Eron armiyasi uchun nishonga aylanishini ta’kidlagan.
Bayonotda ayrim qo‘shni davlatlar ham tilga olingan. Eron rasmiysining aytishicha, ba’zi qo‘shni mamlakatlar o‘z hududlaridagi AQSh harbiy harakatlarini kuzatib borishga va’da bergan.
Mazkur bayonot mintaqadagi keskin vaziyat fonida yangradi. Tehronning bu chiqishi Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy tanglik yanada kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!