AQSH qamog'idagi Maduro xalqiga murojaat yo'lladi

1 daqiqa o'qish3.6K
AQSH qamog'idagi Maduro xalqiga murojaat yo'lladi

AQSH qamog'ida saqlanayotgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'z xalqiga g'ayritabiiy maktub yo'lladi. Siyosatchining o'g'li Nikolas Maduro Gerra otasining ushbu murojaatini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qildi. Bu haqda tengrinews.kz xabar beradi.

Maktubda Maduro vatandoshlarini qiyinchiliklarni yengib o'tishda imon va e'tiqodli bo'lishga chaqirgan. U Iso payg'ambarning tog'larni joyidan qo'zg'atishga qodir bo'lgan imon haqidagi so'zlaridan iqtibos keltirib, mamlakat boshiga tushgan sinovlar tez orada barham topishiga ishonch bildirgan. Bu murojaat prezident AQSHda hibsga olinganidan keyin xalqqa yo'llagan ilk xabarlaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, 2025 yil 3 yanvar kuni AQSH maxsus xizmatlari Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo'lga olgan edi. 5 yanvar kuni Nyu-York federal sudida ularga nisbatan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlik ayblovi qo'yildi. Maduro va uning rafiqasi o'zlariga qo'yilgan ayblovlarni tan olishmadi. Ayni damda Venesuela boshqaruvini ilgari vitse-prezident lavozimida ishlagan Delsi Rodriges vaqtincha o'z zimmasiga olgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?