AQSh harbiylari Eronning 16 ta katerini yo'q qildi

1 daqiqa o'qish357
AQSh harbiylari Eronning 16 ta katerini yo'q qildi

AQSh harbiylari Ormuz bo'g'ozi yaqinida Eronning 16 ta minalovchi katerini yo'q qildi. Bu haqda 10 mart kuni AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) ma'lum qildi. Zarbalar Eronning mintaqadan neft tashuvchi kemalar o'tadigan Ormuz bo'g'ozini minalashtirish niyatida ekani haqidagi xabarlar ortidan berilgan. Bu haqda tengrinews.kz xabar beradi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham o'zining ijtimoiy tarmog'ida Eron kemalari yo'q qilinganini tasdiqladi. CENTCOM esa katerlarga zarba berilgani aks etgan videoni e'lon qildi. Yaqin Sharqdan neft tashish uchun eng muhim yo'laklardan biri bo'lgan Ormuz bo'g'ozi Isroil va AQShning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri fuqarolik kemalari tomonidan deyarli ishlatilmayapti.

10 mart tongida Islom inqilobi posbonlari korpusi AQSh va Isroil hujumlari davom etar ekan, mintaqadan bir litr ham neft eksport qilinishiga yo'l qo'ymasligini bildirdi. Shundan so'ng AQSh razvedkasiga tayanib, Eron Ormuz bo'g'ozini minalashtirishga tayyorgarlik ko'rayotgani xabar qilindi. Donald Tramp Tehronni bu harakati uchun misli ko'rilmagan oqibatlar kutayotgani haqida ogohlantirdi.

Eslatib o'tamiz, Isroil va AQSh 28 fevral kuni Eronga qarshi yirik hujumlarni boshlagan edi. Harbiy harakatlarning ilk kunida Eron oliy ruxoniysi oyatulloh Ali Xomenei va bir qator yuqori martabali amaldorlar halok bo'ldi. Uning o'rnini 56 yoshli o'g'li Mojtaba Xomenei egalladi. Bunga javoban Eron ham Isroil hududi va AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga zarbalar bermoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?