date

Qatar Eron bilan urushning halokatli oqibatlaridan ogohlantirdi

Qatar Eron bilan urushning halokatli oqibatlaridan ogohlantirdi

Qatar tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Majid al-Ansoriy Yaqin Sharq mintaqaviy urush holatida ekanligini va bu holat halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ma'lum qildi. U bu haqda 10 mart kuni jurnalistlar savollariga javob berish chog'ida aytib o'tdi. Bu haqda tengrinews.kz xabar beradi.

Diplomatning ta'kidlashicha, Qatar 2023 yildan beri Eron bilan ziddiyatlarning kuchayishi butun dunyo uchun xavfli ekanligi haqida doimiy ravishda ogohlantirib kelmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, har qanday diplomatik muzokaralar boshlanishidan oldin Eron o'z hujumlarini to'xtatishi shart.

Al-Ansoriy Tehronni Fors ko'rfazi va undan tashqaridagi fuqarolik infratuzilmalariga zarba berishda aybladi. Bu harakatlar nafaqat mintaqaga tahdid solishi, balki butun dunyoda gumanitar halokatni keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidladi. Shuningdek, u Qatarga qilingan har qanday hujumga munosib javob qaytarilishini qo'shimcha qildi.

Eron prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon qo'shni davlatlardan uzr so'raganidan so'ng, Qatar hujumlar to'xtatilishiga umid qilgan edi. Biroq zarbalar hamon davom etmoqda. Eron tomoni o'z hujumlari faqat AQSh manfaatlariga qaratilganini va mintaqada Amerikani qo'llab-quvvatlash dushmanlik harakati sifatida baholanishini bir necha bor ta'kidlagan.

Bunga javoban Qatar tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh va boshqa mudofaa hamkorlari bilan strategik aloqalar shubha ostiga olinmasligini bildirdi. Hozirgi vaqtda Patriot tizimlari Amerika hamda Yevropa ittifoqchilari bilan birgalikda mamlakatni himoya qilayotgani va bu xavfsizlik hamkorligi Qatarni har qanday hujumlardan asrashning asosiy vositasi ekanligi qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qatar Eron bilan urushning halokatli oqibatlaridan ogohlantirdi