Eron Tashqi ishlar vazirligi Oliy rahbarning jarohat olganini tasdiqladi

1 daqiqa o'qish844
Eron Tashqi ishlar vazirligi Oliy rahbarning jarohat olganini tasdiqladi

Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning yangi tayinlangan Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy jarohat olganini rasman tasdiqladi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy Italiyaning "Corriere della Sera" gazetasiga bergan intervyusida bu xabarni o'rtoqlashib, rahbar jarohat olganini, ammo salomatligi yaxshi ekanini aytdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar beradi.

Baqoiyning ta'kidlashicha, hozircha Mujtabo Xomanaiyning xalqqa murojaat qilish sanasi belgilanmagan. Shuningdek, u Ekspertlar assambleyasi uni uch yoki to'rt nafar ehtimoliy nomzodlar orasidan ushbu lavozimga tanlaganini ma'lum qildi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida yangi rahbar 28 fevral kuni AQSh va Isroilning dastlabki zarbalari vaqtida yaralangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbalarning ta'kidlashicha, u oyog'idan jarohat olgan bo'lishi mumkin va bu qat'iy xavfsizlik protokollari bilan birga uning so'nggi paytlarda omma oldida ko'rinish bermayotganini tushuntiradi.

AQSh va Isroil tomonidan 28 fevral kuni boshlangan harbiy operatsiyalar Tehronning yadro quroliga ega bo'lishining oldini olishga qaratilgan edi. Davom etayotgan mojaro oqibatida kamida 1300 kishi qurbon bo'ldi, jumladan, sobiq Oliy rahbar Ali Xomanaiy ham halok bo'ldi. Uning o'limidan so'ng, 9 mart kuni Ekspertlar assambleyasi uning o'g'li Mujtabo Xomanaiyni rasman uning vorisi sifatida e'lon qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?