Netanyaxu Nyu-Yorkda hibsga olinishi mumkinmi?

Nyu-York meri Zohran Mamdani Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shaharga tashrif buyurgan taqdirda, uni hibsga olish imkoniyati qonuniy jihatdan qay darajada mumkinligini o‘rganayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u The New York Times nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Mamdani yangi qonunlar qabul qilishni rejalashtirmayotganini, barcha qarorlar amaldagi huquqiy me’yorlar asosida qabul qilinishini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu masala yuzasidan shahar huquqiy departamenti bilan maslahatlashuvlar davom etmoqda.
Merning qayd etishicha, bunday ehtimol faqat Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida qatnashish uchun Nyu-Yorkka kelgan taqdirdagina yuzaga kelishi mumkin. U bu borada Xalqaro jinoiy sud tomonidan Isroil Bosh vaziriga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarni ham eslatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Mamdani saylovoldi kampaniyasi vaqtida, agar mer etib saylansa Netanyaxu Nyu-Yorkka kelgan taqdirda uni hibsga olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qilgan.






























Izohlar 0
…