date

78 yoshli kurer hayotini o‘zgartirgan saxovatpesha odamlar harakati

78 yoshli kurer hayotini o‘zgartirgan saxovatpesha odamlar harakati

AQShning Tennessi shtati, Manchester shahrida yashovchi Brittani Smit kекса juftlikning kundalik hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Hammasi “DoorDash” orqali taom buyurtmasi bilan boshlandi. Kurer sifatida ishlayotgan 78 yoshli Richard Palli ning yoshi ancha o‘tgan, shu bois zinadan buyurtmani olib chiqish uning uchun og‘irlik qilayotgani videoga ham tushgan. Smit xonim esa bu holatni ko‘rib, uning qiyin ahvolidan ta’sirlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Richard nafaqada bo‘lganiga qaramay, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ishlashga majbur edi. Uning rafiqasi Brenda esa ish­siz, kundalik xarajatlar va tibbiy muolajalar uchun mablag‘ yetishmaydi. Shu bois juftlik buyurtmalarni uyga yetkazish xizmatida ishlashni qaror qildi: Brenda mashina haydar, Richard buyurtmani mijozga olib borardi.

Smit xonim kurerga katta miqdorda choy puli berishni xohladi, lekin ilova orqali buning imkoni bo‘lmadi. Shuningdek, u videoni ijtimoiy tarmoqqa joylab, Richardni topishda yordam so‘radi. Tez orada 32 mingdan ortiq shaxs ishtirok etdi va deyarli 955 ming dollar mablag‘ yig‘ildi.

“Biz tanimasak ham odamlar yordamga shoshilishiga ishonish qiyin. Bu haqiqiy mo‘jiza”, dedi Brenda Palli. Richard esa mablag‘ning tez yig‘ilishi tufayli bir necha kun uyqusiz qoldi.

“Endi bu pullar biz uchun ulkan yukdan halos qildi. Hayotimiz yana o‘z iziga tushdi”, dedi Richard Palli.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 78 yoshli kurer hayotini o‘zgartirgan saxovatpesha odamlar harakati