«2 litrlik kola olib berdi»: kuryerning yaxshiligi ortidan unga 40 ming dollardan ortiq pul yig‘ildi

1 daqiqa o'qish248
«2 litrlik kola olib berdi»: kuryerning yaxshiligi ortidan unga 40 ming dollardan ortiq pul yig‘ildi

AQSHning Aydaxo shtati Boyse shahrida 68 yoshli Den Simpson «Domino‘s»da kuryer bo‘lib ishlab, mijoz uchun qilgan kichik yaxshiligi ortidan katta miqdorda xayriya puli yig‘ilishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 mart kuni Simpson mijozning buyurtmasini yetkazayotganida restoranda uning buyurtmasiga kiritilgan ikki litrlik Diet Coke qolmaganini payqagan. Kuryer mijozga qo‘ng‘iroq qilib, boshqa ichimlik taklif qilmoqchi bo‘lgan, biroq qo‘ng‘iroqqa javob bo‘lmagan.

Shundan so‘ng Simpson buyurtmani o‘zgartirib yuborish o‘rniga, yaqin atrofdagi do‘konga kirib, ichimlikni o‘z puliga sotib olgan va mijozga yetkazib bergan.

Kuryerning bu harakati mijoz Brayan Uilsonning uyidagi videokuzatuv kamerasiga tushgan. Uilson keyinchalik videoni TikTok'ka joylagan. U va rafiqasining ko‘rishida muammo borligi, shu sababli do‘konga chiqib, yetishmayotgan mahsulotni o‘zlari olib kelish ular uchun oson emasligini ma’lum qilgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Uilson Den Simpson uchun GoFundMe xayriya yig‘imini tashkil qilgan. Dastlabki sakkiz kun ichida kuryer uchun 40 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘ilgan. Keyinchalik xayriya miqdori yanada oshib, 100 ming dollardan ham yuqoriga ko‘tarilgan.

Shu tariqa, oddiygina bir ichimlikni mijozga yetkazib berish uchun qilingan yaxshilik 68 yoshli kuryer Den Simpson uchun kutilmagan moliyaviy ko‘makka aylangan. Simpson o‘sha paytda yaqin orada nafaqaga chiqishni rejalashtirayotgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?