date

Tramp urushni yaqin haftalarda yakunlamoqchimi?

Tramp urushni yaqin haftalarda yakunlamoqchimi?

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroning uzoq davom etishini istamaydi va uni yaqin haftalar ichida tugatishni rejalashtirmoqda. Wall Street Journal nashri xabariga ko‘ra, Tramp maslahatchilariga bu mojaro "yakuniy bosqichga kirganini" bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Oq uy 4–6 haftalik aniq muddatni belgilab, shu doirada harakat qilmoqda. Hatto may oyi o‘rtalarida Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuvga qadar urushni yakunlash maqsad qilinmoqda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron yetakchiligi muzokaralarga qiziqmoqda, ammo ichki bosim va xavf sababli buni ochiq ayta olmaydi. U hatto Eron elitasining "o‘z xalqidan ham, AQShdan ham qo‘rqayotgani"ni ta’kidlagan.

Nashr mualliflari bu bayonot bir necha muhim jihatni ochib beradi, jumladan: AQSh urushning cho‘zilishini istamaydi – bu iqtisodiy bosim, neft narxlari va ichki siyosiy reytinglar bilan bog‘liq. Shuningdek, rasmiy Tahron muzokaralarni inkor qilayotgan bo‘lsa-da, Vashington diplomatik yo‘lni faollashtirishga harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp urushni yaqin haftalarda yakunlamoqchimi?