date

Eron qaysi davlatlar uchun Hormuz bo‘g‘ozini ochdi?

Eron qaysi davlatlar uchun Hormuz bo‘g‘ozini ochdi?

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi payshanba kuni do‘st davlatlarning kemalari Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga ruxsat berilganini ma’lum qildi. Bu qaror Xitoy, Rossiya, Hindiston, Iroq va Pokiston kabi mamlakatlarni qamrab oladi.

Eronning Mumbaydagi Bosh konsulligi o‘z postida vazirning so‘zlarini e’lon qilib: “Biz Hormuz bo‘g‘ozidan do‘stona davlatlar o‘tishiga ruxsat berdik”, — deb yozdi.

Ushbu qaror mintaqaviy neft yetishmovchiligi va transport masalalarini yengillashtirishga qaratilgan. Avvalroq Hindistonda neft ta’minotidagi muammolar tufayli bir qator iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Endilikda do‘st davlatlar uchun Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishning ruxsat etilishi mintaqadagi savdo va energetika xavfsizligini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron qaysi davlatlar uchun Hormuz bo‘g‘ozini ochdi?