“Orion” kosmik kemasi Oy dengizlaridan ilk fotosuratlarni taqdim etdi

AQShning “Orion” kosmik kemasi Oyning narigi tomonidan ilk suratlarni Yerga yo‘lladi. Nashrlar xabariga ko‘ra, “Artemida-2” (Artemis II) missiyasi ishtirokchilari bortdan olingan fotosuratlar orqali Oy yuzasidagi Sharqiy dengiz (Mare Orientale) hududini birinchi bor kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi.
NASA bayonotida ta’kidlanishicha, Oy dengizlari qadimiy bazalt lava oqimlari bilan qoplangan keng pasttekisliklar bo‘lib, ularning ichida Sharqiy dengiz joylashgan krater diametri 900 km dan ortiq va u taxminan 3,8 milliard yil avval asteroid bilan to‘qnashuv natijasida hosil bo‘lgan.
“Artemida-2” parvozida to‘rt astronavt ishtirok etmoqda. Ular 10 kun davomida Oy atrofini aylanib, Oy yuzasiga qo‘nmasdan qaytishlari rejalashtirilgan. Ushbu missiya insoniyat tarixida Oy yuzasining ilgari Yer yuzasidan ko‘rinmagan hududlarini o‘rganish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!