Rossiyada shifokorlar 71 daqiqa to‘xtab qolgan yurakni qayta ishga tushirdi

Rossiyaning Kuzbass hududida 43 yoshli ayol og‘ir infarkt sababli kardiodispanserga olib kelingan va qabul bo‘limida klinik o‘lim holatiga tushgan. Shunga qaramay, shifokorlar uni qutqarish uchun uzluksiz reanimatsiya choralarini davom ettirgan.
Mutaxassislar yurak massaji va sun’iy nafas berishni to‘xtatmasdan, parallel ravishda tekshiruvlar o‘tkazgan. Natijada qon tomirlaridan biri to‘silgani aniqlanib, unga stent o‘rnatilgan.
Viloyat hokimi ma’lumotiga ko‘ra, odatda reanimatsiya jarayoni 30 daqiqagacha davom etadi. Biroq bu safar 71 daqiqadan so‘ng bemorning yurak faoliyati qayta tiklangan. Eng muhimi, bemorning miyasi shikastlanmagan va hozirda uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing