Erkak ikki yil davomida bronxida tilla tishli protez bilan yashadi

Rossiyaning Sterlitamak shahrida shifokorlar erkakning o‘ng bronxidan beshta tilla tishi bo‘lgan protezni olib tashladi. Bu haqda Boshqirdiston sog‘liqni saqlash vaziri Ayrat Rahmatullinga tayanib, mahalliy OAV xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak qariyb bir yil davomida tinmaydigan yo‘taldan aziyat chekkan. U buni yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar yoki shamollash oqibati deb o‘ylab, shifokorga murojaat qilmagan. Oktyabr oyi boshida ahvoli yomonlashgach, u shifoxonaga yotqizilgan. Dastlab shifokorlar pnevmoniyadan shubhalangan, biroq tekshiruv paytida nafas yo‘lida begona jism borligi aniqlangan.
Bemor bilan batafsil suhbatlashganda, u taxminan ikki yil avval uyqudan uyg‘onganida tish protezini topa olmaganini eslagan. O‘shanda protezni shunchaki yo‘qotib qo‘ygan deb o‘ylagan va uning nafas yo‘liga tushganini bilmagan.
Shifokorlar bronxoskopiya yordamida maxsus asbob bilan protezni ehtiyotkorlik bilan olib tashlagan. Muolaja davomida nafas yo‘llari to‘qimalariga zarar yetkazilmagan. Shundan so‘ng bemorning surunkali yo‘tali to‘xtagan.
Hozir erkak tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Shifokorlar uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf yo‘qligini ma’lum qilgan.






























Izohlar 0
…