date

Britaniya Tramning Xo‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilish missiyasidan chekindi

Britaniya Tramning Xo‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilish missiyasidan chekindi

Buyuk Britaniya AQSH tomonidan taklif etilgan Xo‘rmuz bo‘g‘ozidagi ehtimoliy blokada operatsiyasida ishtirok etishdan voz kechdi. Bu haqda Sky News telekanali o‘z manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Vashington tomonidan ilgari surilgan tashabbus dengiz yo‘llarida xavfsizlikni taʼminlash va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xo‘rmuz bo‘g‘ozida harakat erkinligini nazorat qilishga qaratilgan edi. Biroq London bu operatsiyadan chetda qolishni maʼqul ko‘rdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Britaniya tomonidan mintaqadagi dengiz yo‘llarini minalardan tozalash uchun harbiy kemalar jo‘natilishi mumkinligini bildirgan edi. Bu esa xalqaro maydonda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sky News manbasi Britaniya hukumati pozitsiyasini izohlar ekan, London xalqaro dengiz qatnovi erkinligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini taʼkidladi. Shu bilan birga, ular global iqtisodiyot barqarorligi va energiya taʼminoti uzluksizligi muhim ekanini qayd etgan.

Britaniya shuningdek Fransiya va boshqa hamkor davlatlar bilan birgalikda keng koalitsiya shakllantirish ustida ishlayotgani maʼlum qilindi. Ushbu ittifoqning asosiy maqsadi — dengiz yo‘llari xavfsizligi va harakat erkinligini himoya qilish.

Tramp esa avvalroq AQSH va Eron delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Xo‘rmuz bo‘g‘oziga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishini bildirgan edi. Uning taʼkidlashicha, AQSH harbiy-dengiz kuchlari ushbu hududdan o‘tadigan barcha kemalar harakatini qattiq nazorat ostiga oladi.

Hozircha vaziyat keskinligicha qolmoqda. Xalqaro hamjamiyat esa ushbu strategik yo‘lak atrofidagi har qanday keskinlashuv global energetika bozoriga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Tramning Xo‘rmuz bo‘g‘ozini blokada qilish missiyasidan chekindi