Eron BMT orqali beshta arab davlatidan tovon to‘lashni talab qilmoqda

1 daqiqa o'qish470
Eron BMT orqali beshta arab davlatidan tovon to‘lashni talab qilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Eron BMT orqali Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyalik hukumatlardan AQSh va Isroil bilan bo‘lgan harbiy to‘qnashuvlardagi ishtiroki uchun tovon to‘lashni talab qildi.
  • Eron vakillarining ta’kidiga ko‘ra, ushbu davlatlar xalqaro majburiyatlarni buzganligi sababli moddiy, ma’naviy va iqtisodiy zararlarni qoplashi lozim.
  • Hozirda yetkazilgan umumiy zarar miqdori taxminan 270 milliard dollargacha yetishi mumkinligi aytilmoqda.
  • To‘lovlarning aniq summasi bo‘yicha hisob-kitoblar hali davom etmoqda.

Eron tomoni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga rasman murojaat qilib, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniyadan “Eronga qarshi AQSH–Isroil harbiy to‘qnashuvidagi ishtiroki uchun” tovon to‘lash talabini ilgari surdi. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, mazkur besh davlat xalqaro majburiyatlarni buzgan va shu sababli Eronga yetkazilgan barcha zararlarni to‘liq qoplashi kerak. Bu kompensatsiya moddiy yo‘qotishlar bilan birga, maʼnaviy va iqtisodiy zararlarni ham qamrab olishi lozimligi aytilgan.

Diplomat kompensatsiya miqdori hozircha aniq belgilanmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha hisob-kitoblar davom etmoqda va yakuniy raqamlar keyinroq eʼlon qilinadi.

Avvalroq, mart oyida Eronning BMTdagi vakili Antoniu Guterrish nomiga maktub yo‘llab, Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarni AQSHning Eronga qarshi harakatlariga hududlaridan foydalanishga ruxsat berganlikda ayblagan edi.

Eron hukumat vakili Fotima Muhojironiyning maʼlum qilishicha, dastlabki baholarga ko‘ra, AQSH va Isroil zarbalari natijasida mamlakatga yetkazilgan umumiy zarar 270 milliard dollargacha yetishi mumkin. Bu hozircha faqat ilk, taxminiy hisob-kitoblar hisoblanadi.

Mutaxassislar avval infratuzilma va binolarga yetgan zararni baholashni, keyin esa davlat daromadlari yo‘qotilishi hamda sanoat korxonalarining to‘xtab qolishi oqibatlarini hisoblashni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Eron tomoni AQSH bilan ehtimoliy harbiy tovon masalasini ham muhokama qilayotgani aytilmoqda. Bu mavzudagi muzokaralar so‘nggi haftada Islomobodda o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham ko‘tarilgan.

Xalqaro ommaviy axborot vositalari, jumladan The Jerusalem Post manbalariga ko‘ra, olti haftalik to‘qnashuvlar davomida Eron iqtisodiyotiga 140–145 milliard dollar atrofida zarar yetkazilgan bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?