date

Qatarga yog‘och yetkazib berish narxi uch barobarga oshdi

Qatarga yog‘och yetkazib berish narxi uch barobarga oshdi

Avstriyadan Qatarga qurilish uchun yetkazib berilayotgan yog‘och mahsulotlari narxi keskin oshdi. Bunga mintaqadagi harbiy keskinlik, xususan Eron bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lib, yuk tashish yo‘nalishlari tubdan o‘zgargani ta’sir ko‘rsatmoqda.

Avval yog‘och mahsulotlari taxminan 45 kun ichida Hurmuz bo‘g‘ozi orqali yetkazilgan bo‘lsa, hozirda xavfsizlik nuqtai nazaridan kemalar BAAning Hor-Fakkan portiga yo‘naltirilmoqda. U yerdan yuklar quruqlik orqali Abu-Dabiga yetkazilib, so‘ng yana qayta yuklanib Dohaga jo‘natilmoqda.

Mazkur aylanma logistika yo‘li natijasida har bir konteynerni yetkazib berish xarajatlari 1100 dollardan 3600–5000 dollargacha oshgan. Bu esa uch barobardan ortiq qimmatlashuvni anglatadi.

Mutaxassislarning fikricha, narxlarning keskin oshishi va yetkazib berish muddatining yana bir necha oyga cho‘zilishi Qatardagi qurilish loyihalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qatarga yog‘och yetkazib berish narxi uch barobarga oshdi