Ekvadordagi cherkovda ibodat vaqtida kutilmagan fojia: ruhoniy xoch qulashidan halok bo‘ldi

Ekvadordagi cherkovda ibodat vaqtida kutilmagan fojia: ruhoniy xoch qulashidan halok bo‘ldi

2026 yil 17-oktyabr kuni Ekvadorning Gvayakil shahridagi Perpetuo Socorro cherkovida ibodat marosimi vaqtida fojiali hodisa yuz berdi. Ruhoniy Patricio Alfredo Sánchez Molinari qurbongoh oldida turganida, uning ortidagi devorga o‘rnatilgan katta yog‘och xoch uzilib tushdi.

Voqea marosim jonli efir orqali namoyish etilayotgan paytda sodir bo‘lgan. Tarqalgan videoda xochning kutilmaganda qulab tushgani, cherkovga tashrif buyurganlar esa ruhoniyga yordam berishga shoshilgani aks etgan. Yig‘ilganlar tez yordam chaqirishni ham so‘ragan.

Keyinchalik Gvayakil arxiyepiskligi ruhoniy Patricio Alfredo Sánchez Molinarining vafot etganini tasdiqladi. Diniy tashkilot marhumning yaqinlari va cherkov jamoasiga hamdardlik bildirdi.

Hozircha yog‘och xochning nima sababdan qulab tushgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Hodisa tafsilotlari va uning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar