Turkiyada o‘quvchi maktab ichida otishma uyushtirib o‘zini o‘ldirdi

Turkiyaning Qahramonmarash viloyatidagi maktabda 8-sinf o'quvchisi qurolli hujum uyushtirdi. Fojia oqibatida 3 nafar o'quvchi va bir o'qituvchi halok bo'ldi, yana 20 kishi jarohat oldi. Hujumchi otasining qurollaridan foydalangan va voqea yakunida o'z joniga qasd qilgan. Bu Turkiyada bir sutka ichida maktablarda sodir bo'lgan ikkinchi shunga o'xshash holatdir.
Turkiyada so‘nggi bir sutka ichida maktablarda yuz bergan ikkinchi qurolli hujum qayd etildi. Bu safar voqea Qahramonmarash viloyatidagi o‘rta maktabda sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni shu maktabning 8 sinf o‘quvchisi amalga oshirgan. Uning yonidan beshta to‘pponcha topilgani bildirilmoqda. U avval maktab hovlisida havoga o‘q uzgan, keyin esa binoga kirib otishni davom ettirgan.
Keyinchalik hujumchi o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, qurollar u sobiq politsiyachi bo‘lgan otasidan olgan bo‘lishi mumkin.
Viloyat hokimi Mukkarram Unlyuer ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 nafar o‘quvchi va 1 nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun avval Shonliurfa viloyatining Siverek tumanidagi liseyda ham qurolli hujum sodir bo‘lib, 18 kishi yaralangan va hujumchi o‘z joniga qasd qilgan edi.































Izohlar 0
…